Tarixda bugun 31.10.2019

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1297877
Tarixda bugun 31.10.2019

 

 

1831 yil 31 oktyabr… Usmoniy Imperiyasida dastlabki turkcha gazeta bo’lmish “Takvim-Vekayi” nashr qilina boshlandi. Ushbu gazeta rasmiy e’lonlar chop etilganligi sababli Usmoniy davlatining rasmiy gazetasi deb qabul qilindi.

 

1876 yil 31 oktyabr… Hindistonning sohildagi shaharlarini yer bilan yakson qilgan to’fon falokatida 200 ming aholi halok bo’ldi.

 

1972 yil 31 oktyabr… Turkiyaning Eskishehir viloyatida yo’lovchi poyezdi va yuk poyezdi to’qnashib ketdi. Fojiada 30 kishi halok bo’ldi.

 

1984 yil 31 oktyabr… Hindistonning dastlabki va yagona ayol bosh vaziri Indira Gandi ikki sih millatiga mansub qo’riqchisi tomonidan o’ldirildi. Suiqasddan so’ng, hindular sih millatiga mansub aholiga hujum qila boshladi. Sodir etilgan voqealarda 2000 sih aholi nobud bo’ldi.

 

1991 yil 31 oktyabr…Checheniston Rossiyadan ajralib o’z mustaqilligini e’lon qildi. Biroq, Rossiya prezidenti Boris Yeltsin chechenlarning mustaqilligini qabul qilmadi. Hududga rus qo’shini bostirib kirdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar