Tarixda bugun 29.10.2019

1923- yili 29- oktabrda, Turkiya buyuk millat majlisi tarixiy bir  majlis bilan Ozodlik urushidan keyin yangi tashkil topgan davlatning siyosiy rejimi “ Respublika”  bo’ladi deya dunyoga e’lon qildi.  Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritib  “ Turkiya Respub

1296445
Tarixda bugun 29.10.2019

1923- yili 29- oktabrda, Turkiya buyuk millat majlisi tarixiy bir  majlis bilan Ozodlik urushidan keyin yangi tashkil topgan davlatning siyosiy rejimi “ Respublika”  bo’ladi deya dunyoga e’lon qildi.  Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritib  “ Turkiya Respublikasi” tashkil topdi. Respublikaning e’loni bilan Turkiya millat majlisi  Raisi Mustafo Kamol Otaturk  Turkiya Respublikasining birinchi prezidenti  etib saylandi.

 

1924 yili 29- oktabrda Lozan  tinchlik shartnomasida taqdiri Millatlar Ligasining Kengashga qoldirilgan  Mosul haqidagi qaror e'lon qilindi. Turkiya-Iroq chegarasi Mosulni Iroqqa qoldiradigan shaklda aniqlangan.

 

1929- yili 29- Oktabrda  Dunyo birinchi marta global iqtisodiy inqirozga duch keldi. Nyu-York fond birjasida barcha sotilgan aktsiyalar o'z qiymatini yo'qotdilar, fond bozori inqirozga uchradi. AQShdan keyin Yevropa davlatlarini qamrab oladigan ushbu Buyuk Iqtisodiy Depressiya »boshlandi.

 

1933- yili 29- oktabrda  Turkiya Respublikasi Prezidenti Mustafo Kamol Otaturk  Respublikaning e’lon qilinishining 10- yilligi munosabati bilan Anqaradan tarixiy nutqini butun dunyo bilan baham ko'rdi.

 

1992- yili 29- oktabrda,  Turk qurolli kuchlari PKK terroristlarining  Turkiyaga  o’tish liniyasi o’rin olgan  Sinhat bo'g'ozining  nazoratini qo’lga kiritdi.  Uyushtirilgan operatsiyada  90 PKK terrorchisi  yo’q qilindi.

 

1992- yili 29- oktabrda  SSSRni tark etgan Qozog'iston va Turkmaniston, birinchi elchixonalari Anqarada ochildi.

 

1998- yili 29- oktabrda Turkiya, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog'iston va O'zbekiston, Kaspiy va Markaziy Osiyo neftini Baku-Tbilisi-Jeyhan neft quvuri orqali  G’arb  bozorlariga yetkazib berish bilan tegishli  Anqara  deklaratsiya imzolandi.

 

2006- yili 29- oktabrda  samolyot parvozdan so'ng darhol Abuja (Nigeriya) shahrida  qulab tushishi natijasida 104 yo'lovchidan 6 nafar tirik qutuldi.

 

2013- yili 29- oktabrda  Marmaray ochildi va birinchi safar Uskudardan Yenikapiga amalga oshirildi.  

 Xitoy va Angliya o'rtasidagi uzluksiz temir yo'l liniyasi qurildi.

 

2018- yili va 29- oktabrda  Yangi Istanbul aeroporti ochildi. Yangi aeroport 6 ta mustaqil uchish-qo'nish yo'lagi, 500 ta samolyot  hajmi  va yillik 200 million yo'lovchi salohiyati  bilan dunyoning eng katta aeroporti hisoblanadi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Kashfiyot , #Voqealar , #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar