Tarixda bugun 27.10.2019

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1295455
Tarixda bugun 27.10.2019

 

                               

 

1492 yil 27 oktyabr… Хristofor Kolumb birinchi bor Kubaga oyoq bosdi.

 

1806 yil 27 oktyabr… Napoleon Bonapart qo’mondonligidagi Fransiya qo’shini Berlinni ishg’ol qildi.

 

1958 yil 27 oktyabr… Pokistonning dastlabki prezidenti Iskandar Mirzo 20 kun avval harbiy bosh shtab raisi lavozimiga tayinlagan general Eyub Xon tomonidan harbiy to’ntarish natijasida lavozimidan chetlatildi.

 

1978 yil 27 oktyabr… Misr prezidenti Anvar Sedat va Isroil bosh vaziri Menahem Begin Nobel tinchlik mukofoti bilan taqdirlandi.

 

1982 yil 27 oktyabr… Xitoy Xalq Respublikasi hukumati mamlakatda aholi soni 1 mlrddan oshganligini rasman e’lon qildi.

 

1991 yil 27 oktyabr… Turkmaniston Sovet Ittifoqidan ajralib, o’z mustaqilligini e’lon qildi. Mamlakatda o’tkazilgan prezidentlik saylovlarida Saparmurot Turkmanboshi davlatning birinchi prezidenti etib saylandi.


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar