Tarixda bugun 26.10.2019

Turkiya va dunyo tarixida 26-oktabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1295075
Tarixda bugun 26.10.2019

1461-yilning 26-oktabri kuni yunon davlati Trapezund (Trabzon) Fatih Sultan Mehmet yetakchiligidagi Usmoniy armiyasiga taslim bo’ldi.

***

1923-yilning 26-oktabri kuni Turk Milliy futbol terma jamoasi birinchi rasmiy musobaqasini Taksim stadionida Ruminiya bilan o’ynadi. Musobaqa 2-2 durang natija bilan yakun topdi.

***

1991-yilning 26-oktabri kuni Turk Qurolli kuchlari Iroq chegarasidan kirib, PKK terror tashkilotiga qarshi keng ko’lamli amaliyot boshlatdi. Roppa-rosa 20 ming askar ishtirok etgan amaliyotda yuzlab PKK terror tashkilotiga a’zo terrorist yo’q qilindi.

***

1994-yilning 26-oktabri kuni Isroil va Iordaniya o’rtasidagi 46 yillik urushga nuqta qo’ygan tinchlik shartnomasiga ikkala mamlakat o’rtasidagi chegarada, 5 ming kishi ishtirok etgan marosimda qo’l qo’yildi.

***

2002-yilning 26-oktabri kuni Moskva teatridan birida uch kun davom etgan garovga olish hodisalari maxsus topshiriqli rus qo’shinlari tomonidan uyushtirilgan va 50 nafar chechen jangchilari bilan birga garovga olingan 800 kishidan 118 ining o’limiga yo’l ochgan amaliyot o’z nihoyasiga yetdi. Rus qo’shinlarining amaliyot chog’ida zaharli gazdan foydalanishi va garovga olinganlarning ham vafot etishi tufayli Moskva yetakchiligi g’arb davlatlari tomonidan keskin qoralandi

 

  

 

 



Aloqador xabarlar