Tarixda bugun 19.10.2019

Turkiya va dunyo tarixida 19-oktabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1290860
Tarixda bugun 19.10.2019

1862-yilning 19-oktabri kuni kino olamining otasi hisoblangan fransuz fotosuratchi Auguste Lumiere dunyoga keldi.

***

1781-yilning 19-oktabri kuni Lord Cornwall boshqargan Britaniya armiyasinig mag’lubiyatga uchrashi va Amerika armiyasining Yorktown va Virginiyaga kirishi bilan Amerikaning mustaqillik uchun olib borgan kurashi o’z nihoyasiga yetdi.

***

1939-yilning 19-oktabri kuni Ikkinchi Jahon urushining boshlashi bilan Fransiya, Britaniya va Turkiya o’rtasida mudofaa ittifoqi shartnomasiga qo’l qo’yildi.

***

1987-yilning 19-oktabri kuni Waal Street va London bosh bo’lish bilan birga dunyo bozorida “Qora dushanba” degan tushunchalar paydo bo’ldi va aktsiyalar 50 foizgacha o’z qiymatini yo’qotdi. Mazkur vahima tufayli dunyo miqyosida umumiy zarar 1 trillion dollarga yetdi.

***

2003-yilning 19-oktabri kuni Bosniya xalqining qiroli, Bosniya va Gertsegovinaning sobiq Prezidenti Aliya Izzetbegovich Sarayevoda vafot etdi.

***

2011-yilning 19-oktabri kuni PKK terror tashkiloti tomonidan Turkiyaning Hakkari viloyatiga qarashli Chukurja tumanida uyushtirilgan hujum oqibatida 26 askar shahid bo’lar ekan 22 askar tan jarohati oldi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar