Tarixda bugun 17. 10. 2019

Turkiya va dunyo tarixida 17-oktabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1289749
Tarixda bugun 17. 10. 2019

1448-yilning 17-oktabri kuni Usmoniy armiyasi Ikkinchi Bolqon urushida ko’pchiligi vengrlardan iborat bo’lgan salibchilar armiyasini mag’lubiyatga uchrtadi.

1777-yilning 17-oktabri kuni Amerika armiyasi ingilizlarni Saratoga muhorabasida mag’lubiyatga uchratdi. Mazkur g’alaba ortidan Fransiya, Ispaniya va Niderlandiya Britaniyaga qarshi jangda Amerika qatoriga qo’shildi.

1933-yilning 17-oktabri kuni Albert Einstein fashist Germaniyasidan migrant sifatida Amerikaga keldi.

1938-yilning 17-oktabri kuni sog'lig'i yomonlashgani tufayli Mustafa Kemal Ataturk birinchi marotaba og’ir ahvolda komaga tushdi. Ortidan birinchi marotaba mavzu haqida rasmiy ma’lumot berildi.

1961-yilning 17-oktabr kuni o’z yurtlarining mustaqilligi uchun Parijda namoyish uyushtirgan jazoirliklar Fransiya politsiyasining hujmiga uchradi. Mazkur hujum tarix sahifalarida “Parij qatliomi” degan nom bilan qayd etilar ekan unda jazoirlik 400 kishi o’ldirildi. Ba’zi namoyishchilarning jasadlari Seine daryosidan chiqarildi.

1973-yilning 17-oktabri kuni dunyoda neft inqirozi paydo bo’ldi. Neftni eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEC) ba’zi g’arb davlatlariga nisbatan Suriya bilan bo’lgan jangda Isroilga yordam berganligi tufayli sanksiya kirita boshladi. O’nta arab davlati neftni 70 foiz qimmatga sota boshladi va neft ishlab chiqarish ishlarini har oyda 5 foiz kamaytirish haqida qaror qabul qildi.

2001-yilning 17-oktabri kuni Isroil-Falastin tinchligiga qarshi chiqqan Milliy Birlik Partiyasining rahbari Rehavam Zevi qurolli hujum natijasida o'ldirildi. Hujumni Falastin Xalq-Ozodlik fronti bo’yniga oldi.

2016-yilning 17-oktabri kuni Mosulning DEASh terror tashkilotidan qutqarilishi uchun 30 ming kishilik Iroq armiyasi amaliyot boshlatdi.

2018-yilning 17-oktabri kuni Turkiyaning mashhur fotojurnalisti Ara Guler vafot etdi.

 



Aloqador xabarlar