Tarixda bugun 15.10.2019

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1288341
Tarixda bugun 15.10.2019

 

                             

1917 yil 15 oktyabr… Fransuzlar tomonidan qo’lga olingan va nemis mahfiy razvedka xizmatiga ma’lumot yetkazganligini tan olgan gollandiyalik raqqosa Mata Gari qatl etildi.

 

1927 yil 15 oktyabr… Mustafo Kamol Otaturk Jumhuriyat xalq partiyasining 2-qurultoyida Nutq so’zladi.  Ushbu Nutq 6 kunda o’qib yakunlandi.

 

1964 yil 15 oktyabr… Davrning SSSR yetakchisi Nikita Krushchev dam olishda ekan, lavozimidan chetlashtirildi. O’rniga Brejnev tayinlandi.

 

1993 yil 15 oktyabr… Nobel Tinchlik mukofoti Janubiy Afrika prezidenti De Klerk bilan Afrika milliy kongressi rahbari Nelson Mandelaga berildi.

 

2003 yil 15 oktyabr… Ozarbayjonda amalga oshirilgan saylovlar natijasida Ilhom Aliyev otasi Haydar Aliyevdan so’ng prezidentlik lavozimini egalladi.

 

2013 yil 15 oktyabr… Filippinlarda ro’y bergan 7.2 bal zilzilada 144 kishi halok bo’ldi.

 

2017 yil 15 oktyabr… Somali poytaxti Mogadishuda bomba ortilgan yuk transporti portlatildi. Portlashda 276 kishi halok bo’ldi, 275 kishi jarohatlandi.


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar