Tarixda bugun 03.10.2019

Turkiya va dunyo tarixida 03-oktabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1280704
Tarixda bugun 03.10.2019

1906-yilning 3-oktabri kuni Germaniya poytaxti Berlinda o’tgan birinchi Xalqaro radiotelegrafiya anjumanida “S.O.S” halokatni bildiruvchi signal deb qabul qilindi.

***

1922-yilning 3-oktabri kuni Turkiya, Angliya, Fransiya va Italiya o’rtasida Mudanya konferensiyasi boshladi. Sakkiz kun ortidan Mudanya o’q uzishni to’xtatish shartnomasiga qo’l qo’yildi.

***

1929-yilning 3-oktabri kuni serblar, xorvatlar va slovenlar tomonidan Yugoslaviya qirolligi tashkil topdi.

***

1971-yilning 3-oktabri kuni Sovet ittifoqi bilan AQSh Strategik qurollarni cheklash to'g'risidagi shartnomaga qo’l qo’ydi.  

***

1990-yilning 3-oktabri kuni Ikkinchi Jahon urushining tugaganiga 45 yil tolgach Sharqiy va G’arbiy Germaniya birlashdi.

***

2005-yilning 3-oktabri kuni Lyuksemburgda o’tkazilgan Hukumatlararo anjuman orqali YI bilan Turkiya o’rtasida YI tarkibiga kirish muzokarasi rasmiy ravishda boshladi.

***

2009-yilning 3-oktabri kuni Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston va Qirg’iziston Naxchivon shartnomasi orqali, Turk tilida so’zlashuvchi mamlakatlar hamkorligi tashkilotiga asos soldi.

***

2012-yilning 3-oktabri kuni Suriyadan otilgan to’p o’qlarining Turkiyaning Shanliurfa viloyatining Akchakale tumaniga tushishi va oqibatida 5 kishinig jon berishi ortidan Turkiya Suriya tuproqlariga o’q uzdi.

 



Aloqador xabarlar