Tarixda bugun 27.09.2019

Turkiya va dunyo tarixida 27-sentabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1277105
Tarixda bugun 27.09.2019

1529-yilning 27-sentabri kuni Usmoniy imperatorligi Vena darvozasiga yetib bordi. Qonuniy Sulton Sulaymon yetakchligidagi Usmoniy armiyasi birinchi Vena qamalini boshlatdi.

***

1590-yilning 27-sentabrikuni papa Urban VII saylanishidan 13 kun keyin toj kiyish marosimini ham ko’rolmay vafot etdi. Urban, tarixda eng qisqa papalik qilgan papalardan biri sifatida tarix sahifalaridan o'rin oldi..

***

1917-yilning 27-sentabri kuni rassomlik san’atida “impressionizm” oqimi asoschilaridan biri bo'lgan fransuz rassom Edgar Degas Parijda vafot etdi.

***

1922-yilning 27-sentabri kuni Anado’luni bosib olish uchun Turk armiyasiga qarshi boshlatgan urushda mag’lubiyatga uchragan Yunon Qiroli Konstantin I tahtini tark etdi. Konstantinning o’rniga o’g’li Yorgos, Yunoniston qiroli bo’ldi.

***

1961-yilning 27-sentabri kuni Suriyada harbiy to’ntarish yuz berdi. To’ntarish yetakchiligi, Misr bilan Suriyaning Baas partiyasi qurgan Birlashgan Arab respublikasi tarkibidan chiqqanligini ma’lum qildi.

***

1971-yilning 27-sentabri kuni Turkiya-Eron temir yo’li liniyasi Vanda uyushtirilgan marosim bilan xizmatga tushdi. Ochilish marosimida Prezident Jevdet Sunay va Eron Shoxi Pahlaviy ishtirok etdi.

***

1998-yilning 27-sentabri kuni “Google” qidiruv tizimi foydalanishga ochildi.

***

2013-yilning 27-sentabri kuni taniqli Turk kino va teatr aktyori Tunjel Kurtiz vafot etdi.

 

 



Aloqador xabarlar