Tarixda bugun 10.09.2019

Turkiya va dunyo tarixida 10-sentabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1266922
Tarixda bugun 10.09.2019

1509-yilning 10-sentabri kuni tarix sahifalarida “Kichik qiyomat” degan nom bilan o’rin olgan va roppa-rosa 45 kun davom etgan seysmik silkinishlar natijasida Istanbul va atrofida minglab uy-joy vayron bo’ldi. Eng yomoni 10 mingdan ortiq kishi jon berdi.

***

1919-yilning 10-sentabri kuni birinchi Jahon urushi ortidan Avstriya-Vengriya imperiyasining qulashiga yo’l ochgan Saint Germain shartnomasiga qo’l qo’yildi.

***

1942-yilning 10-sentabri kuni Britaniya Harbiy-havo kuchlari qo’mondonligi Germaniyaning Dusseldorf shahriga 100 mingta bomba tashladi va oqibatida shahar harobaga aylandi.

***

1943-yilning 10-sentabri kuni nemis askarlari ittifoqchilarga taslim bo’lganligini e’lon qilgan Italiyaning poytaxti Rim shahrini bosib oldi.

***

1970-yilning 10-sentabri kuni Amerika Qo’shma Shtatlarining Turkiyada ko'knori ekilishini man etish haqidagi taklifi TBMM tomonidan rad etildi.

***

1987-yilning 10-sentabri kuni Vengriyaning chegara darvozalarini ochishi ortidan, minglab Sharqiy Germaniya fuqarosi o’z yurtidan chiqa boshladi.

***

2007-yilning 10-sentabri kuni badarg’adan qaytgan Pokiston Bosh vaziri Navaz Sharif takror deportatsiya qilindi.

***

2008-yilning 10-sentabri kuni Eronning Bender Abbas shahrida 7.5 magnitudali yer silkinishi kuzatildi.

 

 



Aloqador xabarlar