Tarixda bugun 07.08.2019

Turkiya va dunyo tarixida 07-sentabri kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1265152
Tarixda bugun 07.08.2019

70-yilning 7-sentabri kuni imperator Tit yetakchiligidagi Rim armiyasi Quddusni bosib oldi va talon-taroj qildi.

1533-yilning 7-sentabri kuni tahtga o’tirganidan keyin Ispaniyani mag’lubiyatga uchratgan holda Angliyani dunyoning eng muhim mamlakatiga aylantirgan qirolicha Elizabeth I, Greenwichda tavallud to’pdi.

1776-yilning 7-sentabri kuni dunyoda birinchi marotaba suv ostidan hujum uyushtirildi. Mustaqillik kurashida amerikaliklar ishlab chiqargan va “Toshbaqa” deb nomlangan suv osti vositasi Nyu-York portida langar tashlagan Britaniya dengiz flotining HMS Eagle deb nomlangan kemasi ostiga bomba joylashtirildi lekin hujum muvaffaqiyatsiz tamomlandi.

1812-yilning 7-sentabri kuni Fransiya imperatori Napoleon I rus armiyasini Moskvaning g’arbidagi Borodinoda mag’lubiyatga uchradi.

1927-yilning 7-sentabri kuni amerikalik kashfiyotchi Philo Taylor Farnsworth butunlay elektronik tizimda ishlagan birinchi televizorni ixtiro qildi.

1940-yilning 7-sentabri kuni Ikkinchi Jahon urushida Germaniya Harbiy-havo kuchlari qo’mondoni Londonni nishonga olgan va uzluksiz 57 kun davom etgan havo hujumini boshlatdi. Mazkur bombardimon, “The Blitz” deb nomlandi.

2011-yilning 7-sentabri kuni Lokomotiv Yaroslavl xokkeyi jamoasini tashigan uchoq Yaroslavl aeroportidan ko’tarilishidan ko’p o’tmay Volga daryosida yerga quladi. Uchoqdagi 45 kishidan 44 nafari jon berdi.



Aloqador xabarlar