Tarixda bugun 27.08.2019

Turkiya va dunyo tarixida 27-avgust kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami

1259438
Tarixda bugun 27.08.2019

1389-yilning 27-avgusti kuni Usmoniy turklar serblarni Kosovo maydonida mag’lubiyatga uchratdi. Sulton Murod I g’alaba ortidan urush maydonini aylanar ekan yarador serb askarlaridan biri tomonidan o’ldiirldi. O’rniga hokimiyatni Sulton Murod I ning o’g’li Boyazid I egalladi.

***

1922-yilning 27-avgusti kuni Turk armiyasi yunonlar tomonidan bosib olingan Afyonni qutqardi.

***

1950-yilning 27-avgusti kuni BBC birinchi marotaba teledasturini namoyish etdi.

***

1979-yilning 27-avgusti kuni Turk havo yo’llarining Frankfurt byurosiga ASALA terror tashkiloti tomonidan bombali hujum uyushtirildi.

***

1973-yilning 27-avgusti kuni Turkiya-Iroq neft quvir liniyasi shrtnomasiga qo’l qo’yildi.

***

1978-yilning 27-avgusti kuni Birmanya havo yo’llariga oid uchoq osmonda portladi va ichidagi 14 kishi jon berdi.

***

1982-yilning 27-avgusti kuni Turkiyaning Ottawadgi harbiy atteshesi Atilla Altikat, ASALA terror tashkiloti tomonidan uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida shahid bo’ldi.  

***

2002-yilning 27-avgusti kuni Tokioda sud birinchi marotaba Yaponiyaning Ikkinchi Jahon urushida va undan oldin biologik quroldan foydalanganligini qabul qildi.

***

2007-yilning 27-avgusti kuni Yunonistondagi Mora yarim orolining uchdan ikki bo’lagiga salbiy ta’sir ko’rsatgan va favqulodda vaziyat deb e’lon qilinishiga yo’l ochgan o’rmon yong’inlari oqibatida 62 kishi jon berdi.

 



Aloqador xabarlar