Tarixda bugun 24.08.2019

Turkiya va dunyo tarixida 24-avgust kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami

1257584
Tarixda bugun 24.08.2019

79-yilning 24-avgusti kuni Italiyada tabiiy ofat yuz berib, Vezuviy vulqoni otildi. Pompei, Stabiae va Herjulaneum shaharlari kul ostida qoldi.

1516-yilning 24-avgusti kuni Mersidabika urushida Yavuz Sulton Selim qo’mondonligidagi Usmoniy armiyasi, Mamluk armiyasini mag’lubiyatga uchratdi. Suriya, Livan va Falastin Usmoniylar tomonidan boshqarila boshladi.

1572-yilning 24-avgusti kuni Varfolomey kechasi. Gugenotlar qirg’ini uyushtirildi. Parij va uning atroflarida protestanlar ommaviy ravishda qirg’in qilindi. Uch kunlik qatollik davomida 30 ming kishi qurbon bo’ldi.  

1814-yilning 24-avgusti kuni Britaniya va AQSh o’rtasida yuz bergan urushda Britaniya kuchlari Vashingtonni bosib olib, Oq uyni o’qqa tutdi.

1875-yilning 24-avgusti kuni Matthew Webb, Mansh dengizini suzib o’tgan birinchi kishiga aylandi.

1899-yilning 24-avgusti kuni “Qum kitobi” va “Alef” kabi mashhur asarlarni qalamga olgan yozuvchi Jorge Luis Borges, Argentinada dunyoga keldi.

1923-yilning 24-avgusti kuni Lozanna shartnomasi asosida ishg’ol kuchlari Istanbulni boshata boshladi.

1929-yilning 24-avgusti kuni Falastin kurashining ramziga aylangan Yaser Arafat, Misrda dunyoga keldi. 1958-yili al-Fatih tashkilotiga asos solishi ortidan Isroil kuchlariga qarshi kurash boshlatgan Arafat, 1993-yili Isroil Bosh vaziri Izak Rabin bilan Oslo Tinchlik shartnomasiga qo’l qo’ydi. Arafat, mustaqil Falastin davlatinnig birinchi davlat rahbari bo’ldi.

1949-yilning 24-avgusti kuni NATO yani Shimoliy Atlantika shartnomasi tuzildi.

1991-yilning 24-avgusti kuni Sovey ittifoqi rahbari Mihail Gorbachov Kommunist partiyasining bekor qilinishini xohladi va partiya yetakchiligi vazifasidan iste’foga chiqdi. Huddi ana shu kuni Estoniya, Latviya va Ukraina Sovet ittifoqi tarkibidan chiqqanligini e’lon qildi.

2016-yilning 24-avgusti kuni Turk armiyasi, Suriyadagi DEASh va PYD terror tashkilotiga qarshi “Firot qalqoni” amaliyotini boshlatdi.  

 

 

 



Aloqador xabarlar