Tarixda bugun 13.08.2019

Turkiya va dunyo tarixida 13-avgust kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1252059
Tarixda bugun 13.08.2019

1889-yilning 13-avgusti kuni Ferdinand fon Zeppelin o’zi ixtiro qilgan va “Zeplin” deb atagan boshqariluvchi havo sharining patentini oldi.

1905-yilning 13-avgusti kuni referendum orqali Shvetsiya-Norvegiya ittifoqi bekor qilindi. Mamlakatda daniyalik shahzoda Charlesning Norvegiya qiroli deb e’lon qilinishi ortidan Norvegiya Qirolligi tashkil topdi.  

1954-yilning 13-avgusti kuni Pokistonning davlat madhiyasi birinchi marotaba Pokiston radiosida yangradi. 1947-yili Britaniya tomonidan bosib olingan Hindistondan qonli kurash natijasida ajralib, o’z mustaqillgini e’lon qilgan Pokistonda, 1971-yili yangi bo’linishlar yuz berib, oqibatida bugungi Bangladesh davlati paydo bo’ldi.

1956-yilning 13-avgusti kuni ilmiy fantastikaning asoschisi va “Vaqt mashinasi”, “Jahon urushi” kabi muhim asarlarni qalamga olgan britaniyalik jurnalist va tarixchi Herbert George Wells vafot etdi.

1961-yilning 13-avgusti kuni sovuq urushning ramzi aylangan va shaharni kkiga bo’lgan “Berlin devori”ning qurilish ishlari boshladi. 46 kilometr uzunlikga ega bo’lgan Berlin devori, shaharning sharq va g’arbini 30 yil davomida jismonan bir-biridan ajratdi.

1966-yilning 13-avgusti kuni Mao Zedong Xitoyda madaniy inqilobni e’lon qildi. 10 yil davom etgan harakat, xalq xotirasida nazorat ostiga olishlar va o’lim jazolari bilan qoldi.  

1987-yilning 13-avgusti kuni AQSh Davlat rahbarRonald Reagan, Eron-Kontra janjalidagi javobgarchiligini qabul qildi.

 



Aloqador xabarlar