Tarixda bugun 12.08.2019

Turkiya va dunyo tarixida 12-avgust kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1250942
Tarixda bugun 12.08.2019

1914-yilning 12-avgusti kuni Birinchi Jahon urushida Angliya Avstriya-Vengriyaga qarshi urush e'lon qildi.

1954-yilning 12-avgusti kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti askarlari, Koreyani tark eta boshladi.

1960-yilning 12-avgusti kuni Amerika aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi birinchi sun'iy yo'ldoshi  “Echo1” ni fazoga uchirdi.

1964-yilning 12-avgusti kuni irqchi siyosatlari yuzasidan Janubiy Afrika, olimpiyada o’yinlaridan chetlatildi.

1964-yilning 12-avgusti kuni qalamga olgan kitoplari orqali “James Bond” obrazini butun dunyoga tanitkan britaniyalik yozuvchi Ian Fleming vafot etdi.

1964-yilning 12-avgusti kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining chaqirig’iga binoan Kipr ustidagi qiruvchi Turk uchoqlari o’z vazifasini to’xtatdi. Kengash, Kiprning grek va turk tomoni o’rtasida, Tinchlik kuchining bufer zona tashkil etishi haqida qaror qabul qildi.

1985-yilning 12-avgusti kuni Tokiodan Osakaga borish uchun ko’tarilgan Yaponiya havo yo’llariga oid yo’lovchi uchog’i, Ogura tog’ida yerga quladi. Voqea oqibatida 524 kishidan 520 nafari jon berdi.

1990-yilning 12-avgusti kuni Iroqning Quvaytni bosib olishi ortidan TBMM tomonidan hukumatga qurolli kuchlardan foydalanish va ehtiyoj tug’ilgudek bo’lsa Iroqga urush e’lon qilish huquqi berildi.

2000-yilning 12-avgusti kuni Rossiyaga oid Kursk suv osti kemasi, Barents dengiziga cho’kib ketdi. Oqibatida 112 nafar ekipaj jon berdi.

 



Aloqador xabarlar