Tarixda bugun 03.08.2019

Turkiya va dunyo tarixida 3-avgust kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1246829
Tarixda bugun 03.08.2019

1492-yilning 3-avgusti kuni Kristof Kolomb g’arbga borib Hindistonga yetib borish uchun Ispaniyadan 3 ta kema orqali yo’lga chiqdi. Kolomb 63 kundan keyin Amerika qit’asiga oyoq bosdi.

1914-yilning 3-avgusti kuni Germaniya imperiyasi Fransiyaga urush e’lon qildi. Huddi ana shu kuni Britaniya ham Usmoniy imperiyasi tomonidan buyurtma berilgan Sulton Usmon va Reshadiya deb nomlangan zirxli urush kemalarini tortib oldi.

1949-yilning 3-avgusti kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi Xitoy Xalq Respublikasining BMT tarkibiga kirish istagini rad etdi.

1977-yilning 3-avgusti kuni Kiprnnig grek boshqaruvi lideri arxiepiskop Makarios, yurak xuruji tufayli vafot etdi.

1988-yilning 3-avgusti kuni Sovet ittifoqi Havo mudofaa tizimidan o’tib, “Cessna” rusumidagi uchog’i orqali Moskvadagi Qizil maydonga qongan nemis uchuvchi Mathias Rust, 437 kun ortidan ozod etildi.

2001-yilning 3-avgusti kuni Gaaga urush jinoyatlari sudi bosniyalik general Radislav Kristichni Srebrenitsada insoniyatga qarshi jinoyatga qo’l urgani uchun 46 yil qamoq jazosiga mahkum qildi.

2002-yilning 3-avgusti kuni Turkiya, Yevropa ittifoqi qoidalariga amal qilishi kerakligi uchun, “Urush va yaqin urush tahdidi” dan tashqari o’lim jazosini bekor qildi.

 



Aloqador xabarlar