Tarixda bugun 12.07.2019

Dunyo tarixida 12-iyul kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1234608
Tarixda bugun 12.07.2019

1936-yilning 12-iyuli kuni Berlin olimpiadalarida Turkiya nomidan mersinlik Ahmet Kirechchi 71 kilogramda uchinchi o’rinni egalladi. Bu orqali Turkiya birinchi olimpiada medalini qo’lga kiritgan bo’ldi.

1947-yilning 12-iyuli kuni Amerika Qo’shma Shtatlari bilan Turkiya o’rtasidagi harbiy va iqtisodiy yordamni ko’zda tutgan birinchi iki tomonli shartnomaga qo’l qo’yildi.

1958-yilning 12-iyuli kuni Kiprdagi voqealar avj oldi. Oqibatida kiprlik turklardan besh kishi pistirmaga tushirilib o’ldirildi.

1967-yilning 12-iyuli kuni Newarkda olti kun davom etadigan irqchilik g'alayonlari boshladi. Natijada 27 kishi jon berdi.

1993-yilning 12-iyuli kuni “Turkiya go’zali” tanlovi g’olibi Arzum Onan “Yevropa go’zali” tanlovida ham g’alabaga erishdi.  

1993-yilning 12-iyuli kuni Yaponiyaning Xokkaydo orolida sodir bo’lgan va Rixter shkalasiga ko’ra 7.7 magnitudali yer silkinishi, 230 kishining umriga zomin bo’ldi



Aloqador xabarlar