Tarixda bugun 18.06.2019

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1220576
Tarixda bugun 18.06.2019

 

 

1815 yil 18 iyun… Napoleon Bonaparte Vaterlooda ingliz va Avstriya qo’shiniga mag’lub bo’ldi. Bu mag’lubiyat Fransiya bilan Yevropa davlatlari o’rtasida 23 yil davom etgan urushga barham berdi.

 

1928 yil 18 iyun… Amelia Earhart samolyotda Atlantika okeanini oshib o’tgan birinchi ayol uchuvchi bo’ldi. Earhart bu parvozni 20 soat 40 daqiqada yakunladi.

 

1988 yil 18 iyun… Turkiya bosh vaziri Turgut O’zalga suiqasd uyushtirildi. Partiya kongressida ma’ruza qilar ekan, qurolli hujumga uchragan Turgut O’zal qo’lidan yaralandi.

 

2005 yil 18 iyun… Anadoludagi ayollarning tasviri aks etgan portretlari bilan mashhur bo’lgan taniqli turk rassom Nuri Iyem vafot etdi.

 

2010 yil 18 iyun… “Ko’rlik”,  “Ko’rmoq”, “Isoga ko’ra Injil”, “G’or” kabi dunyoda mashhur asarlar muallifi, adabiyot bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori portugaliyalik yozuvchi José Saramago vafot etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar