Tarixda bugun 02.05.2019

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1193708
Tarixda bugun 02.05.2019

 

                              

1519 yil 2 may… Leonardo da Vinchi vafot etdi. Uyg’onish davrining eng muhim shaxslaridan biri bo’lgan italyan rassom, muhandis, memor va olim Leonardo da Vinchi vafot etganda 67 yoshda edi.

 

1808 yil 2 may…Ispaniyaning Madrid shahrida “Dos De Mayo” qo’zg’aloni boshlandi. Madridning Napoleon tomonidan ishg’ol qilinishi va uning akasi Ispaniyaga qirol etib tayinlanishiga norozilik bildirgan Madrid xalqi bilan Fransiya qo’shinining jangida yuzlab aholi nobud bo’ldi.

 

1885 yil 2 may… Kastamonu viloyatidagi “Abdurrahmanpasha” Litseyining poydevori qurildi. Mazkur litsey Turkiyada ochilgan dastlabki davlat litseyi bo’lib hisoblanadi.

 

1926 yil 2 may… Atlas okeanining ikki qirg’og’i o’rtasida birinchi marta fax yuborildi.

 

2011 yil 2 may…AQSh Qurolli kuchlarining harbiylari Pokistonning Abbotobod shahrida terrorist Usama bin Ladinni qatl etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar