Tarixda bugun 09.04.2019

Dunyo tarixida 9-aprel kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1179726
Tarixda bugun 09.04.2019

1588-yilning 9-apreli kuni Turkiyaning Edirne viloyatidagi Selimiye, Istanbul viloyatidagi Suleymaniye va Shahzoda nomidagi jome’ masjidining me’mori Me’mor Sinan vafot etdi.

1932-yilning 9-apreli kuni Turkiya Respublikasining e’lon qilinishidan keyin ayollarga berilgan haq va huquqlar asosida sudya Muruvvat Honim mamlakatning Adana viloyatida o’z vazifasini boshladi. Muruvvat Honim, Turkiya Respublikasining birinchi ayol sudyasidir.

1985-yilning 9-apreli kuni turk teatrining birinchi aktrisalaridan biri bo’lgan Shaziye Moral hayotdan ko’z yumdi. Shaziye Moral yashagan davrda, musulmon ayollarning sahnaga chiqishi man etilgandi. U huddi mana shunday davrda, teatr sahnalarida rollar ijro etdi.

1998-yilning 9-apreli kuni Makka yaqinidagi Mina shahrida Haj ziyoratini ado qilayotgan 180 kishi, shaytonga ramziy ravishda tosh otish marosimida yuz bergan tiqilinch oqibatida jon berdi.  

2012-yilning 9-apreli kuni butun dunyoda katta qiziqish bilan tomosha qilingan “”Muhtasham yuzyil” serialining ham senaristi bo’lgan turk senarist, aktrisa va bir necha qo’shiq so’zlari muallifi Meral Oktay vafot etdi.



Aloqador xabarlar