Tarixda bugun 4.04.2019

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1176927
Tarixda bugun 4.04.2019

 

 

1814 yil 4 aprel… Napoleon tarixda ilk bor taxtdan tushdi.

 

1913 yil 4 aprel … Usmoniy imperiyasida "Ayollar Jurnali" chop etila boshladi. Jurnalni chop etishdan maqsad ayollarning haq-huquqlari va erkinligini oshirish, ayollarning savodxonligini oshirish, ularning ish va ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishini ta'minlashdan iborat edi.

 

1949 yil 4 aprel… NATO tashkil topdi. Vashingtonda AQSh, Belgiya, Daniya, Fransiya, Lyuksemburg, Norvegiya va Portugualiya davlatlari – Shimoliy Atlantika Mudofaa İttifoqi bo'lgan NATOni tashkil etish haqidagi bitimni imzoladilar.

 

1953 yil 4 aprel… Turkiya dengiz kuchlariga bog'liq “Dumlupinar” nomli suv osti kemasi, NATO harbiy mashg'ulotidan qaytib kelayotganida, Chanoqqal’a bo'g'ozida Shvetsiyaning “Naboland” nomli kemasi bilan to'qnashdi. To'qnashuv natijasida cho'kib ketgan suv osti kemasidagi 81 nafar turk dengizchi shahid bo'ldi va ushbu kun Turkiyada "Dengiz shahidlari xotira kuni" deb e'lon qilindi.

 

1968 yil 4 aprel… Afrika millatiga mansub amerikalik rohib va AQSh fuqarolarining haq-huquqlari bo’yicha faol ziyolisi Martin Luter King suiqasdga uchradi. U dunyodagi tazyiqlarga qarshi chiqqan va millatchilikni bartaraf etish borasidagi fikrlari bilan shuhrat qozongan edi. U 1964 yilda Nober Tinchlik mukofotiga loyiq deb topilgan edi.

 

1979 yil 4 aprel… Pokiston boshvaziri Zulfikar Ali Butto o'lim jazosiga mahkum etildi va dorga osildi.

 

1997 yil 4 aprel.… Turk ofitseri va yetuk siyosatchi Alparslan Turkesh vafot etdi.

 

2010 yil 4 aprel…Turkiya Teleradiokompaniyasining arab tilida ko'rsatuv olib boruvchi “TRT- El Arabia” telekanali o'z faoliyatini boshladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar