Tarixda bugun 16.03.2019

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1164709
Tarixda bugun 16.03.2019

                                  

 

1920 yil 16 mart…Usmoniy imperiyasi bilan ittifoqdosh davlatlar orasida imzolangan Mondros tinchlik shartnomasidan so’ng, Usmoniylarning poytaxti Istanbul 1920 yil 16 mart kuni ikkinchi marta ishg'ol etildi.

 

1921 yil 16 mart… Sovet ittifoqi Ankara shahrida yangi tuzilgan hukumat tuzimini tan oldi va ikki davlat o’rtasida Moskva shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnoma Turkiyada davom etayotgan mustaqillik urushlari jarayonida Ankara hukumati tomonidan imzolangan ikkinchi xalqaro shartnoma bo'lib hisoblanadi.

 

1968 yil 16 mart…  Vyetnam urushida My Lai qatliomi yuzaga keldi. Ushbu voqeada AQSh askarlari tomonidan 347 nafar vyetnam fuqarosi qatl etildi.

 

1988 yil 16 mart…  Iroqning Halapcha qishlog'iga zaharli gaz bombasi tashlandi. O'sha davrda Iroq davlat rahbari bo'lgan Saddam Husaynning buyrug'i bilan uyushtirilgan ushbu kimyoviy hujumda besh mingdan ziyod inson qurbon bo'lgan, yetti mingdan ziyod inson esa majruh bo’lgan.

 

2014 yil 16 mart… Qrimda o'tkazilgan referandum natijasida Qrim Ukrainadan ajralib Rossiyaga qo’shilishni qabul qildi.

 

1998 yil 16 mart … Turk jamiyotshunos olimi, xalq adabiyoti va folklor sohasida tadqiqotchi bo'lgan mashhur mutafakkir Pertev Naili Boratav vafot etdi. Pertev Naili Boratav 2000 ta ertak, 40 ta xalq ommabop hikoyalar, bolakaylar uchun pyesalar, xalq kuylari, teatr asarlari, qo'shiqlar, hazil mutoyibalar va she'rlar muallifidir. U vafotidan so’ng jamiyatga ulkan adabiyot arxivini me'ros qilib qoldirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar