Tarixda bugun 03.03.2019

Tarixda, 3-mart kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1156001
Tarixda bugun 03.03.2019

Tarix sahifalarida “93 urushi” degan nom bilan ham ma’lum bo’lgan 1877-1878 yillari Usmoniy davlati bilan Rossiya o’rtasida yuz bergan urush, Usmoniylarning mag’lubiyati bilan natijalandi. Usmoniy davlatining tinchlik taklifi ortidan 1878-yilning 3-marti kuni Istanbulning Yeshilko’y tumanidagi San-Stefano qishlog’ida tinchlik shartnomasiga qo’l qo’yildi. Judayam og’ir shartlarni o’z ichiga olgan mazkur shartnomaga ko’ra Ruminiya, Chernogoriya va Serbiya mustaqilligini qo’lga kiritdi. Bolgariya esa muxtoriyat oldi. Urush konpensatsiyasi sifatida Kars, Ardahan, Batum va Sharqiy Bayozit ruslarga qo’yib berildi. Armanlar uchun ham bir necha imkon tanigan mazkur shartnoma Rossiyaning mintaqadagi kuchiga-kuch qo’shdi. Bu vaziyat esa Yevropani xavotirga soldi. Kipr orolining ingilizlar tomonidan boshqarilishini qabul qilgan Usmoniy davlati, Yevropaning qo’llab-quvvatlashi bilan Berlin shartnomasi ostida yangi shartnomaga qo’l qo’ydi va shu orqali San-Stefano shartnomasi o’z kuchini yo’qotdi.

***

1924-yilning 3-marti kuni yangi tashkil topgan Turkiya Respublikasida davom etgan zamonaviylashish faoliyatlari asosida “Tavhidi-tadrisot” qonuni qabul qilindi. Bu qonun Turk ta’lim tizimida tenglik tushunchasi bilan chambarchas bog’liqdir. Unga ko’ra barcha maktablar Milliy Ta’lim vazirligiga bog’lanib, mamlakatda etnik ozchiliklar bilan chet tilidagi maktablarning diniy va siyosiy ma’noda ta’lim berish masalasi man etildi. Mazkur qonun orqali bir necha diniy tashkilotlar yopilar ekan, ular o’rniga Din Ishlari yetakchiligi bilan Imom Hatib maktablari ochildi.

***

1980-yilning 3-marti kuni sobiq Hatay Prezidenti Tayfur So’kmen Istanbulda vafot etdi. Usmoniy davlati Birinchi Jahon urushida mag’lubiyatga uchrar ekan ortidan Iskenderun, fransuzlar tomonidan bosib olindi. Tayfur So’kmen huddi mana shu bosib olishga qarshi birinchi norozichilik namoyishini uyushtirganlardan biri edi. U 1938-yili tashkil topgan Hatay Davlatida, 1939-yili o’tkazilgan referendum natijasida hududning Turkiya tarkibiga kiritilishigacha Prezidentlik qildi.

***

2013-yilning 3-marti kuni arabesk va turk xalq musiqasi ustasi, sanatkor Muslum Gurses vafot etdi. Turkiyaning eng nufuzli sanatkorlardan biri bo’lgan va “Muslum Bobo” degan nom bilan ham mashhur bo’lgan Gurses, 12 yoshida, choy bog’ida qo'shiq aytish orqali musiqa olamiga kirib bordi. Uzoq vaqtgacha arabeks tarzida qo’shiq aytgan Gurses, eng avvalo ozchilik tomonidan tinglanar ekan keyinchalik o’ziga xos usuli bilan pop musiqasi ustidan ham jiod qila boshladi.  Shundan keyin butun Turkiyaning qo’shiqchisiga aylandi. Bir necha filmda o’ynagan Muslum Gurses sokinligi, dono so’zlari bilan e’tiborlarni o’ziga qaratgan. Vaqt davomida sanatkor haqida hatto universitetlarda ham ilmiy ishlar olib borildi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar