Tarixda bugun ( 27.02.2019)

1863- yili, 27 aprel  Turkiyaning  dastlabki rasm  ko’rgazmasi, Istanbul ot maydonida ochildi.

1153565
Tarixda bugun ( 27.02.2019)

 

1863- yili, 27 aprel  Turkiyaning  dastlabki rasm  ko’rgazmasi, Istanbul ot maydonida ochildi.

Ko’rgazmaning ochilishini Abdulaziz himoya qildi.

 XIX asrning o'rtalariga kelib, butun dunyoda ko'rgazma va yarmarkalar tashkil etish oqimga aylandi. G'arbda tez-tez uchraydigan ko'rgazmalar Usmonli imperiyasida ham  e'tibor ko’ra boshladi . Usmonli sultoni Abdulmajid London va Parijda o'tkazilgan yarmarkalarga  ishtirok etgan. Abdulmajidning vafotidan so'ng, Abdulazizning madaniy faoliyatlarga alohida qiziqish tufayli Usmonli imperiyasida bunday ko'rgazmalar  tashkil qilishni xohlandi. Sergi-i Umumî-i Osmanî nomi bilan  tashkil etilgan ko'rgazmada  rasm bilan bir qatorda Usmonlida yetishgan mahsulotlar va o’lkaning ehtiyoji bo’lgan G’arbdan olib kelingan yangi ijodlar ham namoyish etildi.

 

1879 yil 27- fevral; Amerikalik kimyogar Constantin Fahlberg sun'iy modda  saxarinni  topdi. Bugungi kunda saksarin dori-darmon va oziq-ovqat sanoatida ko'plab mahsulotlarda ishlatiladi, aslida yanglishlik bilan  topildi. Constantin Fahlberg, John Xopkins universitetining ikkinchi prezidenti Ira Remsen bilan birga, ko'mir qatlamida ishlayotgan vaqtda sakkarini  yanglishlik bilan  topdi. Saxaringa oid maqolalar chop etgan Fahlberg 1884 yilda saxarinning patentini oldi.

 

1914 yil 27- fevralda Turk aviatsiyasi birinchi shahidlarini berdi. Uchuvchi Fethi  va Sodiq janoblari tomonidan ishlatilgan Muavenet-i Milliye nomli samolyot İstanbul-Qohira reysiga boshladi. Ko’niya, Ulukishla, Adana, Homs va Damashqdan  Qohiraga  boradigan ushbu samolyot parvozi  Damashqqa qadar muammosiz davom etdi. Biroq, Damashqdagi Tabariy shaharchasida  havo oqimiga tushib, qoyaga urib  qulab tushdi. Fethi va Sodik beklar  shahid bo'ldi. Bolqon urushida mag'lubiyatga uchragan Usmonli imperiyasida bunday  bir  parvoz  Xalqqa quvonch bo’lishi rejalangan edi.

 

1947 yil 27- fevralda "Amjabey", "Efruz  Bey", "Dalkavuk", "Akla qora", "Yangi boy" kabi turkum karikaturalarning muallifi Jamol Nodir Guler  hayotdan ko’z yumdi. Jamol Nodir yaratgan turlari bilan jamiyatdagi buzilishlar, nodonlik, ikkiyuzlamachilik, kamchiliklarni tanqid qilar edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar