Tarixda bugun 04.02.2019

Bugun milodiy hisob bilan 2019-yil yanvar oyining yigirma yettinch kunidir.

1138451
Tarixda bugun 04.02.2019
  • 1783-yilning 4-fevrali kuni Angliya Amerika Qo’shma Shtatlariga bo’lgan dushmanligining butunlay tugaganligini rasmiy ravishda e’lon qildi.
  • 1789-yilning 4-fevrali kuni George Washington AQShning birinchi Prezidenti etib saylandi. 1792-yilning 4-fevrali kuni Washington ikkinchi marotaba Prezident etib saylandi.
  • 1794-yilning 4-fevrali kuni Fransiya mustamlakalarida qulchilik man etildi. Fransiya XVIII asrda Shimoliy Amerika shtatlarining qulchilikka qarshi yo’lga qo’yilgan cheklovlari ta’sirida barcha mustamlakalaridan qulchilikni bekor qildi. Faqat bu qaror uzoq davom etmadi. 1902-yili Napolyon Bonapart qulchilik tartibining takror yo’lga qo’yilishi bo’yicha qaror qabul qildi.
  • 1871-yilning 4-fevrali kuni Shayx Shamil vafot etdi. Kavkaz xalqlarining milliy qahramoni Shayx Shamil xaj ibodati maqsadida borgan Arabistonda vafot etdi. Shayx Shamil yoshlik chog’laridan e’tiboran Kavkaz xalqi tomonidan Rossiyaga qarshi berilgan mustaqillik kurashining lideri bo’ldi.
  • 1945-yilning 4-fevrali kuni Yalta konferentsiyasi bo'lib o'tdi. Sovet ittifoqining Yalta shahrida AQSh, Angliya va Rossiya uchrashdi. Ikkinchi Jahon urushi chog’ida o’tkazilgan mazkur konferentsiyada urush oxirida Germaniyaning mag’lub qilinishi bilan birga paydo bo’ladigan shart-sharoitlar qo’lga olindi. Germaniyaning urushdan keyin bosib olinishi va nemis armiyasining tarqatilishi haqida qaror qabul qilindi.
  • 1957-yilning 4-fevrali kuni Birinchi yadroviy suv osti kemasi bo’lgan USS Nautilus (SSN-571) hech suv yuzasiga chiqmagan holda, 60 000 dengiz mili masofani suzib o’tib, Jules Vernening mashhur “Suv ostida 2000 lyo” deb nomlangan romanidagi orzu-hayoli Nautilus, dengiz ostini zabt etdi.
  • 2004-yilning 4-fevrali kuni Facebook Garvard universiteti talabasi Mark Zuckerberg tomonidan tashkil topdi. Bugungi kunda Facebook, dunyoning eng ko’p foydalanuvchisi bor ijtimoiy tarmoqlaridan biriga aylangan vaziyatda.


Aloqador xabarlar