Tarixda bugun 03.02.2019

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1137797
Tarixda bugun 03.02.2019

                                    

1. 1451 yil 3 fevral…Usmoniylar imperiyasining 6-podishohi II-Murod Edirna shahrida vafot etdi.

Otasi ovga chiqqan paytda to'satdan vafot etgach 1421 yilda 17 yoshida taxtga o'tirdan II-Murod, o'zining podisholik jarayonida juda ko'p g'alabalarni qo'lga kiritdi. II-Murod 1444 yilning avgust oyida dunyoning o'tkinchi ishlarini tark etib o'zini Alloh yo'lida ibodatga berilishini aytib o'g'li II-Mehmetning taxtga o'tirishini e'lon qildi. Lekin, Vengriya qo’shini Tuna daryosini oshib o'tib Usmoniylar davlatining tuproqlariga qarab bostirib kelayotganligini xabar topgan II-Murod qayta taxtga o'tirdi. Chunki, taxtga o'tirishini e'lon qilgan o'g'li II-Mehmet unga quyidagicha maktub yozgan edi: "Hurmatli Sulton, agarda sulton bo'lsangiz kelib taxtga o'tiring, agarda meni sulton deb e'lon qilgan bo'lsangiz unda men sizga buyruq beraman: kelib taxtga o'tiring" deb farmon buyuradi. II-Murod 1451 yilda taxtga yana og'li II-Mehmetni o'tirishini farmon berib va o'sha yili 3-fevral kuni vafot etdi. 21 yoshida taxtgan o'tirgan uning o'g'li II-Mehmet esa, 1453 yilda İstanbulni fath etib, “Fotih Sulton Mehmet” degan nomni olib tarixda o'chmaz iz qoldirgan.

 

2. 1899 yil 3 fevral… Turk teatrining dastlabki yozuvchilaridan Ali bey vafot etdi. U "Ayyor Hamza" nomli pyeasi bilan mashhur bo'lgan.

Kichik yoshida fransuz tilini o'rganib 10-15 yoshlarida tarjimonlik qila boshlagan va turli rasmiy ishlarda ishlay bo'shlagan Ali Bey 1894 yilida Duyunu Umumiye boshqarmasiga rahbar etib tayinlandi. Shu sababli rahbar laqabi bilan tanilgan Ali bey, teart pyesalari, hazil-mutoyiba va sayohat, adabiyot sohalarida asarlar yozdi. Hazil-mutoyiba sohasidagi qobiliyati bilan kulgi jurnallarida maqolalar yozgan Ali bey turk teatrining tashkil etilishida katta ro'l o'ynagan.

 

3. “Sharq yulduzi” va “Misrning 4-piramidasi” degan nom bilan tanilgan mashhur Misrlik san'atkor Ummu Gulsun 1975 yilning 3 fevral kuni vafot etdi.

20-asrning boshlarida tug'ilgan va umumjahonda eng shirali ovoz sohibasi deb atalgan Ummu Gulsum o'sha paytlarda Misrda yosh qizlarning qo'shiq aytishi ma'qul bo'lmaganligi sababli erkak kiyimi kiyib musiqa kuylay boshlagan. Keyinroq musiqa ta'limi olgan Ummu Gulsum, Misr saroyida qo'shiq aytadigan darajada katta shuhrat egasiga aylandi. Kino san'ati bilan bir qatorda umuman o'rta sharq o'lkalarida mashhur bo'lib ketdi.  Ummu Gulsun ikki yarim million sterlin pul bilan, o'zining brilliantlarini Misr davlatiga sovg'a tariqasida bahsh etganligi sababli xalqning qalbidan terang o'rin egarladi. U vafot etganida, janoza marosimiga 4 yarim million inson qatnashdi. Bu raqam Misr prezidenti Jamol Abdulnasirninng janoza marosimidan ham ko'p raqam bo'lib hisoblanadi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #tarixda bugun

Aloqador xabarlar