Tarixda bugun ( 30.01.2019)

1729- yil- 31- yanvarda ... Birinchi kitob Usmonli imperiyasida nashr etildi. 1727-yilİda turk kitoblari va gazetalarini chop etish  maqsadida  tashkil etilgan Usmonining dastlabki   bosmaxonasi  bo’lgan Daruttbaada chop etildi.

1136432
Tarixda bugun ( 30.01.2019)

Tarixda bugun dasturi

 

1729- yil- 31- yanvarda ... Birinchi kitob Usmonli imperiyasida nashr etildi. 1727-yilİda turk kitoblari va gazetalarini chop etish  maqsadida  tashkil etilgan Usmonining dastlabki   bosmaxonasi  bo’lgan Daruttbaada chop etildi. Farablik  Javherining Sihah-i Jevheri nomidagi arabcha lug'ati Vani Mehmet bin Mustafo tomonidan tarjima qilingan. Usmonli imperiyasining dastlabki bosmaxonasi 1719- yilda Ibrohim MUteferrika tomonidan keltirildi.

 

1876- yili   31-Yanvarda ... AQSh mamlakatdagi barcha qizil tanlilarni  "qizil  tanli  Reservation", deb nomlangan va ular uchun ajratilgan maxsus sohada yashashga majbur qildi.

1492- yili 12- oktabrda, Xristofor Kolumb Hindiston deb Amerika qit'asini kashf  etishi bilan birgalikda  

u tuproqlarda yashayotgan qizil tanli mahalliy xalqlar uchun qo'rqinchli bir hayot  boshladi.

Yevropadan kelib chiqqan bu jamoalar qizil tanlilarni   o’z tuproqlaridan surish,  yuqumli kasalliklar, jismoniy halokat, madaniy taqiqlashlar bilan  yo'q  etish boshldilar.  

Qizil tanliklarga qarshi qilingan vahshiyliklardan biri esa ular uchun  ajratilgan joylarda yashashga majbur qilish edi. Buni  "Qizil tanli Reservation " deb atalmoqda edi.

  2000 - yili 8- sentabrda, AQSh qizil tanlilar byurosi raisi G’arbliklar tatbiq etgan “ etnik tozalash” harakatida qo’shgan hissalari tufayli rasman uzr so’radi.

 

19- asr Usmoni davri  Turk adabiyotining taniqli shaxslaridan shoir va yozuvchi Rejaizade  Mahmud Ekrem, 1914- yili 31- yanvarda vafot etdi. 1847- yilida dunyoga kelgan juda yaxshi bir ta’lim olgandan keyin davlatda muhim vazifalarda  bo’lgan Rejaizade Mahmut Ekrem, dastlabki yozuvlarini vatan shoiri deb atalgan Namik Kemal yetakchiligida Tavir- i Efkar gazetasida nashr qilindi. 1870lardan keyin o’zini butunlay tahririyat ishlariga berdi. G’arb adabiyotidan tarjimalar qildi. 1870da dastlabi, o’yini Afife Anjelikni, 1871da dastlabki  she’r kitobi Nag’me-i Seherni  bosdi. Birgina romani bo’lgan Turk adabiyotida realizmning dastlabki o’rnaklaridan hisoblangan Arab savdosi nomli asardir. Taniqli adabiyotchining o’limi tufayli u kun imperiyada maktablar  ta’til qilindi  va katta janoza marosimi uyushtirildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda Bugun

Aloqador xabarlar