Tarixda bugun 30.01.2019

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1135778
Tarixda bugun 30.01.2019

                               

1923 yil 30 yanvar… Yunoniston bilan Aholi almashinuvi shartnomasi tuzildi. Bu shartnoma Turkiyadagi greklarning Yunonistonga, Yunonistondagi turklarning esa Turkiyaga ko’chirilishini nazarda tutadi. Lozanna shartnomasiga ilova qilingan ushbu protokolga binoan, 1923 yilning dekabr oyida boshlanib, 1927 yilga qadar davom etgan jarayon natijasida, 400 ming turk va 1 mlndan ziyod grek o’z yurtini o’zgartirdi. Turkiyaning Istanbul, Go’kcheada va Bozjaada orolida yashagan greklar bilan Yunonistonning g’arbiy Frakiya hududida yashagan turklar bundan mustasno bo’ldi. Ushbu majburiy ko’chirish Turkiya va Yunonistonda taxminan 2 yillik iqtisodiy inqirozga sabab bo’ldi.

 

1933 yil 30 yanvar…Sotsialist nemis ishchi partiyasiga asos solgan Adolf Gitler 1933 yil 30 yanvar kuni Germaniya davlat rahbari bo’ldi. Natsional sotsializmga asos solgan Gitler Germaniyani 12 yil davomida boshqardi. 1-Jahon urushidan so’ng boshlangan iqtisodiy inqiroz tufayli ocharchilikdan bezigan quyi va o’rta tabaqa nemislarning talablarini qondiradigan tashviqotlar bilan jamiyatni o'z orqasidan ergashtirishga muvaffaq bo'ldi.

Millatchilik, sosiyalizm, antisemitizim, anti komunizm, ve anti kapitalizm mavzulari ham tashviqotlarning vositalaridan bo'lgan. İqtisodiyotning qaytadan jonlantirish, qayta qurollangan armiya va fashist rejim siyosati bilan Germaniya ichidagi tuzimni qayta qurgan Gitler, kuchli davlat barpo etdi. Tashqi siyosatda esa hujumkor pozitsiyani tanlagan Gitler dastlab Polshaga hujum qildi. Natijada 2-jahon urushi boshlanishiga va millionlab insonning o'limiga sabab bo'ldi.

 

1938 yil 30 yanvar… O’zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov tavallud topdi. Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. O‘rta Osiyo Politexnika va Toshkent Xalq xo‘jaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega. Iqtisod fanlari nomzodi. U 1990 yildan 2016 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajargan.

 

1948 yil 30 yanvar… Hindiston mustaqillik harakatining siyosiy lideri Mahatma Gandi Yangi Dehlida sodir etilgan suiqasd natijasida vafot etdi. Uning nazariyalari “Gandizm” nomi bilan tanildi. U “Satyagraha” falsafasiga asos solgan. Gandi bu falsafa asosida Hindistonni mustaqillikka yetaklagan va dunyoda fuqarolik huquqi va erkinlik himoyachilariga ilhom manbai bo’lgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #tarixda bugun

Aloqador xabarlar