Tarixda bugun 29.01.2019

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1135013
Tarixda bugun 29.01.2019

                                        

                                      

1886 yil 29 yanvar… Nemis muhandis Karl Benz benzin bilan ishlaydigan dastlabki avtomobilning patentini oldi. Benz 1885 yili benzin bilan ishlaydigan dunyoning ilk “Motorwagen” avtomobilini ishlab chiqardi. Uch g’ildirakli avtomobilda motor qismi mashinaning orqa tomonida joylashgan.

 

1916 yil 29 yanvar… I-Jahon urushida nemislar tomonidan ishlab chiqarilgan havo kemasi birinchi bor boshqa bir urushda Parijni portlatishda ishlatilgan.

Hozirgi kunda ko’proq reklama maqsadida ishlatilgan havo kemalari dastlab 1852 yilda fransuz muhandis Genri Giffard tomonidan ishlab chiqarilgan. Uzoq yillar mobaynida yo’lovchi tashish maqsadida qo’llanilgan havo kemalari samolyotlarning rivojlanishi natijasida 1950 yillarga kelib ishlab chiqarilishi to’xtatilgan.

 

1934 yil 29 yanvar… Dastlabki turk kinofil’mi bo’lmish “Leblebeji Xorxor og’a” syomkalari o’z nihoyasiga yetdi. Mazkur kinofil’m dunyoda mashhur bo’lgan turk shoir Nozim Hikmat asari asosida tasvirga tushirilgan. Xalqaro festivalda namoyish qilingan “Leblebeji Xorxor og’a” kinofil’mi 2-Venetsiya fil’m festivalida “Sharaf diplomi” bilan taqdirlandi.

 

1978 yil 29 yanvar… Shvetsiya dunyoga tushgan zaharli nurlarni ushlab qolish xususiyatiga ega bo’lgan ozon tabaqasiga zarar berganligi tufayli aerosol spreylardan foydalanishni taqiqladi.


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar