Yag'mur Ergun erkin sho'ng'in bo'yicha Turkiya rekordini yangiladi

Misrda bo'lib o'tgan Erkin sho'ng'in bo'yicha Jahon kubogining 5-kunida Turkiya milliy sportchisi Yag'mur Ergun, sobit og'irlikdagi qanotsiz sho'ng'inda 58 metrlik ko'rsatkichi bilan Shahika Erjumenga tegishli bo'lgan Turkiya rekordini yangiladi.

2024486
Yag'mur Ergun erkin sho'ng'in bo'yicha Turkiya rekordini yangiladi

 

Misrning Sharm El-Shayx shahrida bo'lib o'tgan Erkin sho'ng'in bo'yicha Jahon kubogining 5-kunida Turkiya milliy sportchisi Yag'mur Ergun, sobit og'irlikdagi qanotsiz sho'ng'inda 58 metrlik ko'rsatkichi bilan Shahika Erjumenga tegishli bo'lgan Turkiya rekordini yangiladi.

Musobaqada shu kungacha eng yuqori natijani qayd etgan turk sportchi o‘z toifasida birinchi o‘rinni egalladi.

2023 yilda erkin sho'ng'in musobaqalarida qatnashgan Yag'mur Ergun 2023 yil may oyida yopiq inshootlardagi Turkiya chempionatida birinchi rekordini yangilagandi.

Bu rekord Ergunning joriy yilda yangilagan ikkinchi rekordi bo'ldi.


Tanlangan kalimalar: #Yag'mur Ergun

Aloqador xabarlar