O'zbek kurashchilar Istanbuldagi jahon chempionatida medal sohibi bo‘ldi

Turkiyaning Istanbul shahrida sport kurashlari bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

2022276

Qayd etilganidek, o'zbek yunon-rum kurashchilari 1 ta kumush, 2 ta bronza, kurashchi qizlarimiz esa 3 ta bronza medaliga egalik qildi.  

Jahon chempionatida ishtirok etgan o'zbekistonlik erkin kurashchilarining birontasi sovrinli o‘rinlardan joy ololmadi.  

Murosasiz bellashuvlarda o‘z vaznlarida Shahzod Ro‘zioxunov kumush, Aytjan Xalmaxonov, Islombek Karimjonov, Shohista Shonazarova, Nilufar Nurmuhammadova, Sohibjamol Esbosinova bronza medaliga ega chiqib, O'zbekiston sport shuhratini ulug‘ladi.  

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar