Turkiya milliy sportchilari Xitoydagi musobaqalarda 6ta medalni qo'lga kiritdi

Xitoyda o‘tkazilgan 31-Jahon yozgi universiada o‘yinlarining oltinchi kunida Turkiya milliy sportchilari jami 6 ta medal, jumladan 2 ta oltin va 4 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

2020123
Turkiya milliy sportchilari Xitoydagi musobaqalarda 6ta medalni qo'lga kiritdi

 

Jahon yozgi universiada o‘yinlarida milliy sportchilar kunni 6 medal bilan yakunladi.

Xitoyda o‘tkazilgan 31-Jahon yozgi universiada o‘yinlarining oltinchi kunida Turkiya milliy sportchilari jami 6 ta medal, jumladan 2 ta oltin va 4 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Taekvondo bo'yicha erkaklar o'rtasida 63 kg vaznda Hakan Rechber, atletika bo'yicha ayollar o'rtasida nayza uloqtirishda Eda Tug'suz oltin medalni qo'lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasida taekvondo bo‘yicha 73 kg vazn toifasida Mervenur Erdem, wushu sanda bo‘yicha 60 kg vazn toifasida Berna Tut kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o'rtasida yengil atletikada Nejati Er uch hatlab sakrashda, Mehmet Demirji wushu sandada kumush medalni qo'lga kiritdi.



Aloqador xabarlar