Sloveniyada Turkiya milliy dzyudochilari 3ta medalga sazovor bo'ldi

2023-yilgi Yevropa Yoshlar yozgi Olimpiya festivalida (EYOF) milliy dzyudochi Emir Selim Ari oltin, Sinem Oruch kumush va Yusuf Yazgan bronza medalni qo‘lga kiritdi.

2018087
Sloveniyada Turkiya milliy dzyudochilari 3ta medalga sazovor bo'ldi

 

Sloveniyada Turkiya milliy dzyudochilari 3 ta medalga sazovor bo'ldi.

2023-yilgi Yevropa Yoshlar yozgi Olimpiya festivalida (EYOF) milliy dzyudochi Emir Selim Ari oltin, Sinem Oruch kumush va Yusuf Yazgan bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Sloveniyaning Maribor shahrida o'tkazilgan musobaqaning uchinchi kunida 81 kilogramm vazn toifasida maydonga chiqqan turk sportchilardan Emir Selim Ari finalda gruziyalik Giorgi Bendelianoni mag'lub etib oltin medalni qo'lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasida 63 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sinem Oruch finalda xorvatiyalik Jana Cvjetkoga yutqazib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasida 73 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan Yusuf Yazgan uchinchi o‘rin uchun bahsda gruziyalik Irakliy Kavtarashvilini mag‘lub etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.


Tanlangan kalimalar: #Emir Selim Ari , #Turkiya

Aloqador xabarlar