“Malatyaspor” darvozaboni Ahmad Ayub Turkaslonning jasadi topildi

Ma’lum bo‘lishicha, darvozabonning rafiqasi Kubro Turkaslon vayronalar ostidan olib chiqilgan va uning hayoti saqlab qolingan. Ahmad Ayub Turkaslon esa, 30 soatdan ortiq vayronalar ostida qolgan.

1943979
“Malatyaspor” darvozaboni Ahmad Ayub Turkaslonning jasadi topildi

 

Turkiyaning Kahramonmarash viloyatida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida ba’zi sport jamoalari a’zolari bedarak yo‘qolgandi.

“Malatyaspor” futbol klubida o‘ynagan darvozabon Ahmad Ayub Turkaslon vayronalar ostidan jonsiz holda topildi. Bu haqda “Malatyaspor” klubi o‘z sahifasida xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, darvozabonning rafiqasi Kubro Turkaslon vayronalar ostidan olib chiqilgan va uning hayoti saqlab qolingan. Ahmad Ayub Turkaslon 30 soatdan ortiq vayronalar ostida qolgan.

Qulagan binolar ostidan olib chiqilgan Kubro Turkaslon turmush o‘rtog‘ini qutqarish uchun yordam so‘rab ijtimoiy tarmoqlarga video joylagan.

“Ayub, 30 soat davomida vayronalar ostida qolmoqda, iltimos yordam bering. Hech qanday tutqich yoki kran yo‘q. Vayronalar ostidan hech kim chiqara olmaydi. Iltimos yordam bering!”, deydi Kubro Turkaslon videoda.

Ma’lumot uchun, Ahmad Turkaslon 1994 yil 11 sentyabrda Gaziantepda tug‘ilgan. U professional faoliyatini 2013 yilda “G‘oziantep” U-21 jamoasida boshlagan. Ahmad “Bugsash”, “Usmonlispor”, “Boshkent shafaqspor” kabi jamoalar darvozasini qo‘riqlagan. U futboldagi so‘nggi o‘yinini 2022 yil 8 noyabr kuni “Ushak Spor” jamoasiga qarshi o‘tkazgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ahmad Ayub Turkaslon , #Malatyaspor

Aloqador xabarlar