O‘zbek shaxmatchisi Turkiya turnirida ikkita medalga sazovor bo‘ldi

Turkiyaning Anqara shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan Turkiya super ligasi musobaqasida 44-shaxmat olimpiadasi g‘olibi, tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ikkita medalga sazovor bo‘ldi.

1874283

Musobaqalarda 13 ta jamoa ishtirok etgan bo'lib, unda Abdusattorov joy olgan THY jamoasi 13 partiyadan iborat 12 kunlik bahslar yakunida kumush medalga ega chiqdi.

“Gokturk Chess Sports” jamoasi esa 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.

Turkiyaning yetakchi grossmeysterlari qatorida Bolgariya, Chexiya, Hindiston, Armaniston, Ozarbayjon, Germaniya kabi o‘nlab davlatlarning vakillari bilan o‘tgan murosasiz “aql janglari” davomida o'zbek jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ikkinchi taxtadagi uchrashuvlar natijasiga ko‘ra, 9 ochko jamg‘argan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Bu esa, iste’dodli o‘zbek shaxmatchisining Turkiyada o‘tgan turnirda 2 ta medalga ega chiqishini ta’minladi.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #shaxmat , #Nodirbek Abdusattorov

Aloqador xabarlar