O‘zbekiston Jahon chempionati ishtirokchilariga qarshi to'p suradi

O‘zbekiston terma jamoasiga 2022 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etuvchi Kamerun va Kosta-Rika terma jamoalari raqiblik qilishi kutilmoqda. Mazkur uchrashuvlar 23 va 27 sentyabr kunlariga belgilangan.

1872824
O‘zbekiston Jahon chempionati ishtirokchilariga qarshi to'p suradi

 

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning sentyabr oyidagi FIFA kunlarida Janubiy Koreyada o‘quv-yig‘in mashg‘uloti o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu yig‘in doirasida, O‘zbekiston terma jamoasiga 2022 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etuvchi Kamerun va Kosta-Rika terma jamoalari raqiblik qilishi kutilmoqda. Mazkur uchrashuvlar 23 va 27 sentyabr kunlariga belgilangan.

23 sentyabr:

Kamerun – O‘zbekiston 

27 sentyabr:

Kosta-Rika – O‘zbekiston.


Tanlangan kalimalar: #FIFA , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar