Konya-2021:Turkiya jamoalari 34 ta oltin, 30 ta kumush medal sohibi bo'ldi

Umumjamoa hisobida hamon Turkiya jamoalari 34 ta oltin, 30 ta kumush, 25 ta bronza, jami 89 ta medal bilan peshqadamlik qilmoqda. Ulardan keyingi o‘rinni eronliklar egallamoqda.

1868114
Konya-2021:Turkiya jamoalari 34 ta oltin, 30 ta kumush medal sohibi bo'ldi

 

Turkiyaning Konya shahrida davom etayotgan Islom birdamlik o‘yinlarining 7 kungi bahslari O'zbekiston jamoasi uchun bir jihatdan omadli, bir jihatdan omadsiz keldi.

Omadli tarafi, o‘yinlarning murosasiz bahslarida o'zbek sportchilari 16 ta medallar jamlanmasiga sazovor bo‘lib, 6 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza evaziga umumiy medallar sonini 39 taga yetkazgan holda 56 ta davlat o‘rtasida 3-o‘ringa ko‘tarilib olishga erishdi.

Omadsizligi shundaki, kechagi bahslarda Islom birdamligi o‘yinlarida qatnashayotgan sportchilarning 50 nafarga yaqini sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borgan bo‘lsa, shundan atigi 16 tasi shohsupaga ko‘tarildi.

Eslatma: Umumjamoa hisobida hamon Turkiya jamoalari 34 ta oltin, 30 ta kumush, 25 ta bronza, jami 89 ta medal bilan peshqadamlik qilmoqda. Ulardan keyingi o‘rinni eronliklar egallamoqda. Ular hisobida 15 ta oltin, 14 ta kumush, 10 ta bronza medali mavjud.

O'zbekistondan keyingi qatordan joy olgan Ozarbayjon sportchilari 7 ta oltin, 10 ta kumush, 8 ta bronza medaliga ega bo‘lib turibdi.



Aloqador xabarlar