Turkiya va Bolgariyada kurash musobaqalari o‘tkaziladi

Bu haqda Turkiyaning Istanbul shahrida milliy sport turlarining ommmaviyligini ta’minlashga bag‘ishlab tashkil etilgan onlayn seminarda ma’lum qilindi.

1828830
Turkiya va Bolgariyada kurash musobaqalari o‘tkaziladi

 

Joriy yil may oyining so‘nggi kunlarida Bolgariyada kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnir, iyun oyida Turkiyaning Istanbul shahrida faxriylar o‘rtasida xalqaro musobaqa o‘tkaziladi.

Bu haqda Turkiyaning Istanbul shahrida milliy sport turlarining ommmaviyligini ta’minlashga bag‘ishlab tashkil etilgan onlayn seminarda ma’lum qilindi.  

Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Turkiya kurash federatsiyasi, Yevropa kurash Konfederatsiyasi, Bolgariya kurash assotsiatsiyasi, O‘zbekistonning Turkiya davlatidagi elchixonasi, aloqador tashkilot vakillari hamda 10 dan ziyod davlatlarning kurash federatsiyalari vakillari qatnashgan seminar davomida Turkiya va Bolgariyada o‘tkaziladigan xalqaro turnirga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi.  

Musobaqalar nizomi, mukofot jamg‘armalari, taklif etiladigan davlatlar ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar rejasiga doir fikrlar bildirildi.  

Seminar ishtirokchilari onlayn tarzda musobaqalar o‘tadigan sport majmualari, ishtirokchilar yashaydigan manzillardagi shart-sharoitlar bilan tanishishdi.  


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #kurash , #Bolgariya , #Turkiya

Aloqador xabarlar