Turk boksyor Kerem O'zmen bugun oltin medal uchun kurashadi

Turkiya Milliy sportchisining finaldagi raqibi so‘nggi Olimpiada chempioni kubalik Endi Kruz Gomes bo‘ldi. Ushbu jang TRT Spor kanalida jonli efirda namoyish etiladi.

1729641
Turk boksyor Kerem O'zmen bugun oltin medal uchun kurashadi

 

Erkaklar o'rtasidagi boks bo'yicha jahon chempionatida 63 kg vazn toifasida yarim final bahsida turk boksyor Kerem O'zmen ringga chiqdi.

Turkiya Milliy sportchisining raqibi shotlandiyalik Riz Linch edi.

Bellashuvda 19 yoshli turk bokschi  Kerem O'zmen 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, final bosqichiga ko'tarildi.

Kerem O'zmen ushbu natija bilan kumush medalni qo'lga kiritdi.

Turkiya Milliy sportchisining finaldagi raqibi so‘nggi Olimpiada chempioni kubalik Endi Kruz Gomes bo‘ldi.

Kerem oxirgi 16-turda venger raqibini, chorak finalda esa, sobiq jahon chempioni hindistonlik raqibi Shiva Thapani mag‘lub etib, 
yarim finalga ko'tarilgandi.

Kerem O'zmen bugun oltin medal uchun kurashadi.

Ushbu jang TRT Spor kanalida jonli efirda namoyish etiladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Kerem O'zmen

Aloqador xabarlar