Fenerbahche oxirgi o'rtoqlik uchrashuvida Giresunsporning mehmoni bo'ldi.
"Fenerbahche" oxirgi o'rtoqlik uchrashuvida Superliganing yangi jamoasi Giresunspor mehmoni bo'ldi.
![Fenerbahche oxirgi o'rtoqlik uchrashuvida Giresunsporning mehmoni bo'ldi.](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/27e4/37c2/ee01/611208c928791.jpg?time=1718657269)
"Fenerbahche" oxirgi o'rtoqlik uchrashuvida Superliganing yangi jamoasi Giresunspor mehmoni bo'ldi.
Giresun Chotanak stadionida o'tkazilgan uchrashuvning 22-daqiqasida "Fenerbahche" Atilla Szalayning goli bilan 1: 0 hisobida oldinga chiqib oldi.
Samarali o'yinini davom ettirgan sariq-ko'k jamoasi 44-daqiqada Serdar Dursun bilan ikkinchi golni urdi.
Birinchi bo'lim "Fenerbahche" ning ustunligi bilan 2: 0 hisobida yakunlangan bo'lsa, "Giresunspor" ikkinchi bo'limni yaxshi boshladi.
60 -daqiqada Joey Pelupessi hisobni 1 ga qisqartirdi.
Uchrashuv natijasini 76 -daqiqada Enner Valensiya tomonidan kiritilgan bian gol aniqladi.
3 - 1 natijasi bilan Fenerbahche mavsum oldidan o'tkazilgan 7 tayyorgarlik uchrashuvida mag'lubiyat yuzini ko'rmadi.
Sariq -ko'klar o'rtoqlik uchrashuvlarini 5 g'alaba va 2 durang bilan tark etishdi va mavsum oldidan o'z muxlislariga umid ulashishdi.