Turkiya milliy terma jamoasi bilan Gvineya musobaqasi durang natija bilan tugadi

Turkiya milliy terma jamoasi bilan Gvineyaning futbol musobaqasi 0 - 0 hisobiga, durang natija bilan tugadi.

1649427
Turkiya milliy terma jamoasi bilan Gvineya musobaqasi durang natija bilan tugadi

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati - 2020 da (EVRO-2020) ishtirok etadigan Turkiya milliy terma jamoasi tayyorgarlik musobaqasida bu gal Gvineya bilan kuch sinashdi lekin o‘yin durang natija bilan yakun topdi.

Turkiya milliy terma jamoasi Gvineyani Antaliyada mehmon qildi.

Ikkala jamoa ham gol ura olish uchun ter to‘kdi lekin musobaqa 0 - 0 natija bilan tugadi.  

Eslatib o‘tamiz futbol bo‘yicha Turkiya milliy terma jamoasi Antaliyadagi tayyorgarlik musobaqasida Ozarbayjonni 2 - 1 hiosbiga mag‘lub qilgandi.

Ular ertga ikkinchi tayyorgarlik jarayoni uchun Germaniyaga jo‘nab ketadi. Terma jamoaning Germaniyadagi tayyorgarliklari 10 - iyun kuni o‘z nihoyasiga yetadi.

Turkiya milliy terma jamoasi oxirgi tayyorgarlik musobaqasida esa 3 - iyun kuni Moldova bilan kuch sinashadi.

Jamoa murabbiyi Shenol Gunesh, 30 kishilik nomzodlik kadrini 26 nafarga qisqartadi.

 



Aloqador xabarlar