O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi

Dzyudo federatsiyasida o‘tkazilgan "Ochiq eshiklar kuni"da bolalar afsonaviy polvonlar bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etdi

1555811
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi

 

Tadbirga sportning dzyudo turi bilan shug‘ullanayotgan bolalar, yoshlar va o‘smirlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda ushbu sport ixlosmandlari taklif etildi.

Yozgi Olimpiya o‘yinlari, Osiyo chempionati va kubogi, Osiyo o‘yinlari, xalqaro dubulg‘a turnirlarida munosib qatnashgan Kamol Murodov, Ramziddin Saidov kabi afsanaviy polvonlar o‘z shogirdlari bilan ishtirok etdi.

“Ochiq eshiklar kuni”la Olimpiada chempioni, uch karra jahon chempioni Ilias Iliadis bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari, Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan Gruziya va Sloveniya terma jamoalarining vakillari o‘z mahoratini namoyish etdi.

Bugun O‘zbek dzyudosi o‘z tarixida yangi davrni boshdan o‘tkazmoqda. Milliy terma jamoaga Gretsiyalik Ilias Iliadis taklif etilgan. U terma jamoaga "yangi qon" olib kirishga intilmoqda, dzyudochilarni qaytadan kashf qilmoqda. Terma jamoa a’zolari kelasi yil Tokioda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlariga beriladigan yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish uchun muhim reyting musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

"Ochiq eshiklar kuni" tadbiri ishtirokchilari dzyudo elementlari bilan tanishdi, polvonlar bilan birga tatamida mashg‘ulot o‘tkazdi, qiziqtirgan savollariga javob oldi. Shuningdek, bo‘lg‘usi dzyudochilar o‘zlarining sevimli sportchilari bilan suratga tushdi.

— Dzyudo kurashi butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham juda mashhur. Yildan-yilga u bilan shug‘ullanayotlar safi kengayib bormoqda, — deydi yozgi Olimpiya o‘yinlari sovrindori Diyorbek O‘rozboyev. — Bugungi tadbir ham bolalarimizni dzyudoga bo‘lgan qiziqishini yanada orttiradi, deb o‘ylayman. Yurtimizning barcha hududlarida, hatto chekka qishloqlarda ham yakka kurashning ushbu turi bilan shug‘ullanish uchun yetarli shart-sharoitlar bor. Dzyudoga qaratilayotgan e’tibor tufayli mamlakatdan kuchli polvonlar yetishib chiqayapti. Bu terma jamoa tarkibiga kirishda yuzaga kelgan kuchli raqobatda ham namoyon bo‘lmoqda. Fursatdan foydalanib, O‘zbek dzyudosi oilasini ushbu kun bilan tabriklayman. Nasib qilsa, O‘zbek dzyudochilari Tokio Olimpiadasida g‘alabali ishtiroki bilan  sportning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shadi.


Tanlangan kalimalar: #Ochiq eshiklar kuni , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar