Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi

Musobaqa yakuniga ko‘ra, qiz bolalar o‘rtasidagi bahslarda Toshkent shahri vakillariga teng keladigan raqib topilmadi va ular 1-o‘rinni egallab, O‘zbekiston chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

1548536
Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi

 

Joriy yilning 9 Dekabr kuni Guliston shahrida 2006-2007 yillarda tug‘ilgan o‘smir va qiz bolalar o‘rtasida sportning gandbol turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi.

Chempionat o‘yinlarida mamlakatning turli hududlaridan kelgan jami 350 nafarga yaqin ishtirokchilar 5 kun davomida guruhlarga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdi.

O‘z guruhlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh gandbolchilar, yarim finalda maydonga tushib, unda zafar quchganlar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni aniqlandi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, qiz bolalar o‘rtasidagi bahslarda Toshkent shahri vakillariga teng keladigan raqib topilmadi va ular 1-o‘rinni egallab, O‘zbekiston chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Turnirda Sirdaryolik qizlar ikkinchi, Xorazm va Namangan viloyatlari gandbolchi qizlari uchinchi o‘rinni egalladi.

O‘smirlar o‘rtasida ham respublika poytaxtidan kelgan sportchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, chempionatning oltin medallariga sazovor bo‘ldi. Finalda Toshkentliklarga mag‘lub bo‘lgan Sirdaryo viloyati o‘smirlari 2-o‘rinni egallab kumush medallarga muyassar bo‘ldi. Farg‘ona va Andijon viloyatlari o‘smirlari 3-o‘rinni o‘zaro bo‘lib oldi.

Chempionat g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilarning 1,2,3-darajali diplom va medallari, sport formalari hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston

Aloqador xabarlar