“O'zbekiston Mustaqilligi kubogi” onlayn musobaqasi bo’lib o’tdi

O’zbekiston Mustaqilligining 29 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan og'ir atletika bo'yicha musobaqada dunyoning 32 mamlakatidan 150 nafarga yaqin atlet o'zaro kuch sinashdi.

1482188
“O'zbekiston Mustaqilligi kubogi” onlayn musobaqasi bo’lib o’tdi

 

Eng kuchli og'ir atletikachilar bahsi bo'lib o'tdi.

O’zbekiston Mustaqilligining 29 yilligiga bag'ishlab og'ir atletika bo'yicha “O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kubogi” onlayn musobaqasi bo’lib o’tdi.

O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, O'zbekiston og'ir atletika federatsiyasi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida o'tgan mazkur musobaqada dunyoning 32 mamlakatidan 150 nafarga yaqin atlet o'zaro raqobatlashdi.

Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqada O'zbekiston jamoasidan 8 nafar sportchi ishtirok etdi. Ularning barchasi “A” guruhidan o'rin olgan.



Aloqador xabarlar