Turkiyaning afsonaviy darvozaboni Rushtu Rechber koronavirusni yengdi

Turkiyaning afsonaviy darvozaboni Rushtu Rechber yangi turdagi koronavirusni yengdi.

1396070
Turkiyaning afsonaviy darvozaboni Rushtu Rechber koronavirusni yengdi

Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) infektsiyasiga chalingan Turkiyaning afsonaviy darvozaboni va Turkiya Futbol federatsiyasining Futbolni rivojlantirish bo‘yicha koordinatori Rushtu Rechberning koronavirus bo‘yicha oxirgi test natijasi salbiy chiqdi.

Bu haqida sobiq darvozabonning rafiqasi Ishil Rechber o‘zining instagram hisobi orqali ma’lum qildi. Unda, “Hudoga shukur, Rushtuning test natijalari salbiy chiqdi” dedi.



Aloqador xabarlar