Ertaga Yevropa voleybol chempionati-2019 boshlanadi

Yevropa voleybol konfederatsiyasi tomonidan o’tkaziladigan nufuzli chempionatga bu safar 4 davlat hamkorlikda mezbonlik qiladi.

1256827
Ertaga Yevropa voleybol chempionati-2019 boshlanadi

 

Ertaga ayollar o’rtasida Yevropa voleybol chempionati-2019 o’z ishini boshlaydi.

Yevropa voleybol konfederatsiyasi tomonidan o’tkaziladigan nufuzli chempionatga bu safar 4 davlat hamkorlikda mezbonlik qiladi.

Bahslar poytaxt Ankara bilan bir qatorda, Vengriya poytaxti Budapesht, Slovakiya poytaxti Bratislava va Polshaning Lodz shahrida bo’lib o’tadi. Turnirda jamoalar soni 16 dan 24 nafarga chiqarildi.

Barcha musobaqalar yakka saralash usulida davom etadi.

Chempionat bundan avval 1967 yil va 2003 yillarda o'tkazilgan edi. Bu yilgi chempionatning chorak finali Turkiya bilan Polsha hamkorligida o'tkaziladi. Yarim final, uchinchilik va final musobaqalariga yakka mezbonlik qiladi.

Turnirning Turkiyada bo'lib o'tadigan musobaqalari TRT-Sport telekanalida jonli efirga uzatiladi.

Turkiyadagi bahslar mundarijasi quyidagicha;

 

23 avgust juma:

20:00 Turkiya-Gretsiya

24 avgust shanba:

19:30 Finlyandiya-Turkiya

26 avgust dushanba: 

19.30 Turkiya-Bolgariya

28 avgust chorshanba:

19.30 Fransiya-Turkiya

29 avgust payshanba:

19.30 Turkiya-Serbiya

 

 



Aloqador xabarlar