Maksim Dadashev, oxirgi jangini texnik nokaut bilan qo’ldan boy berdi

Rossiyalik bokschi Maksim Dadashev bilan puerto-rikolik bokschi Subriel Matias o’rtasidagi super-yengil vazn toifasidagi boks musobaqasi o’lim bilan yakun topdi.

1241490
Maksim Dadashev, oxirgi jangini texnik nokaut bilan qo’ldan boy berdi

Rossiyalik bokschi Maksim Dadashev puerto-rikolik bokschi Subriel Matias bilan ringga chiqdi. Mazkur ring chog’ida qattiq zarba yegan Dadashev voqeadan 4 kun keyin vafot etdi.

O’zining karyerasidagi 13 ta jangni ham mag’lubiyatsiz tamomlagan bokschi Maksim Dadashev bilan Subriel Matias o’rtasidagi super-yengil vazn toifasidagi boks musobaqasi o’lim bilan yakun topdi.   

Rossiya Boks federatsiyasi 28 yoshidagi Dadashevni Turkiya vaqti bilan bilan haftaning shanba kuni ertalab Amerika Qo’shma Shtatlarining Merilend shtatida bo’lib o’tgan musobaqada olgan zarbalari yuzasidan vafot etganligini ma’lum qildi.

Dadashev, 11-rauntda Matias tomonidan ketma-ket berilgan mushtlar bilan yerga quladi. Uchrashuvni texnik nokaut bilan qo’ldan boy bergan Dadashev, boshiga olgan zarbasi tufayli kasalxonaga olib borildi.

Kasalxonada miyaga qon quyilishi va shishishi aniqlangan Dadashev operatsiya qilinishiga qaramay Merilend universitetiga qarashli Prens George kasalxonada vafot etdi.


Tanlangan kalimalar: #Maksim Dadashev , #Subriel Matias , #nakaut

Aloqador xabarlar