Turkiya-O'zbekiston o'yini 2-0 hisobida yakunlandi

Turkiya milliy terma jamoasi asosiy tarkib bilan o‘ynamagan bo‘lsa-da, o‘yinda katta ustunlikka erishdi.

1214340
Turkiya-O'zbekiston o'yini 2-0 hisobida yakunlandi

 

2 iyun yakshanba kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta Turkiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.

Match Turkiyaning Alaniya shahridagi “Alanya stadium” arenada  bo’lib o‘tdi.

Turkiya milliy terma jamoasi asosiy tarkib bilan o‘ynamagan bo‘lsa-da, o‘yinda katta ustunlikka erishdi.

O‘ng qanot himoyachisi Zeki Chelik kutilmaganda ikkita gol urib, Turkiya milliy jamoasiga g‘alaba keltirdi. Match 2-0 hisobida yakunlandi.

O‘yinni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavisho‘g‘li ham stadiondan kuzatib bordi. Asli Alaniyadan bo‘lgan Chavisho‘g‘li o’yinni stadiondan kuzatib, tanaffus vaqtida o‘yin haqidagi taassurotlarini ma’lum qildi.

 



Aloqador xabarlar