Erdo'g'an, kurash bo’yicha oltin medal sohibi bo’lgan sportchi Ibrahim Chiftchini tabrikladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Yevropada, kurash bo’yicha uyushtirilgan musobaqada oltin medalni qo’lga kiritgan sportchi Ibrahim Chiftchini tabrikladi.

1160511
Erdo'g'an, kurash bo’yicha oltin medal sohibi bo’lgan sportchi Ibrahim Chiftchini tabrikladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Yevropada, 23 yoshdan kichik kurashchilar o’rtasida uyushtirilgan musobaqada oltin medalni qo’lga kiritgan sportchi Ibrahim Chiftchini tabrikladi.  

Prezidentlik apparati Aloqa xizmatlari yetakchiligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra Prezident Erdo'g’an Yevropada, 23 yoshdan kichik kurashchilar o’rtasida uyushtirilgan musobaqada oltin medalni qo’lga kiritgan sportchi Ibrahim Chiftchini tabriklab, uning nomiga telegraf yuborgan.

Serbiyaning Novi Sad shahrida bo’lib o’tgan musobaqada 97 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Ibrahim Chiftchi, finalda rus raqibi Shamil Aliyevich Musayev bilan kuch sinashdi.

Raqibini 7-4 hisobiga mag’lubiyatga uchratgan Ibrahim, oltin medalni qo’lga kiritdi.



Aloqador xabarlar