Angliya Kubogida 1/16 final o‘yinlari boshlandi

“Arsenal” jamoasi “Manchester Yunayted” jamoasini qabul qilib 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchadi.

1133542
Angliya Kubogida 1/16 final o‘yinlari boshlandi

Angliya Kubogida 1/16 final o‘yinlari boshlandi.

25 yanvar kuni bu bosqichdagi eng kuchli juftlikning o‘zaro o‘yini o‘tkazildi, “Arsenal” “Manchester Yunayted” jamoasini qabul qilib 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchadi. 

21-daqiqadayoq Unai Emeri majburiy o‘zgarish qilishiga to‘g‘ri keldi: Sokratis Papastatopulos jarohat oldi va uning o‘rnin Shkodran Mustafi egalladi.

31-daqiqada “Manchester Yunayted” safida “Arsenal”ning sobiq futbolchisi Aleksis Sanches hisobni ochdi, 33-daqiqada Jessi Lingard manchesterliklarning ustunligini oshirdi, ikki golga ham Romelu Lukaku assistentlik qildi.

Birinchi bo‘lim oxirida 43-daqiqada Per-Emerik Obameyang Aleksandr Lyakazettning pasidan keyin hisobni qisqartirdi.

Norvegiyalik murabbiy Ole Gunnar Sulsherning “Manchester Yunayted”dagi g‘alabali seriyasi davom etadi.

“Manchester Yunayted” u boshqaruvga kelganidan buyon faqat g‘alaba qozonmoqda. Ketma-ket 8 g‘alaba qo’lga kiritildi va kubogda 5-bosqichga ko’tarilgan jamoa bo’ldi.

“Arsenal” jamoasida to’p surgan turk millatiga mansub futbolchi Mesut O’zil 64-daqiqada maydonga tushdi, biroq natijalarga o’z ta’sirini ko’rsata olmadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Arsenal , #Manchester Yunayted

Aloqador xabarlar